13-iyun Leypsigda Bax festivali o‘tkaziladigan kun.
13-iyun Leypsigda Bax festivali o‘tkaziladigan kun.
Har yili 13-iyun kuni Leypsigda Bax Festivali o‘tkaziladi. Bu Festival Germaniyada o‘tkaziladigan Festivallarning eng obro‘lisi bo‘lib, u ulug‘ nemis kompazitori Iogann Sebastyan Baxning ijodiga bag‘ishlanadi. Festival har yili Leypsigda iyunning o‘rtalarida boshlanib 10 davom etadi. Germaniyada har yili Baxga bag‘ishlangan Festivallar bo‘lib o‘tadi, lekin Leypsig Festivali eng mashhur hisoblanadi. Festival katta muvaffaqiyatga ega bo‘lib Bax ijodining muxlislari orasida talabi kattadir. Leypsig shahrining ananaviy madaniyati nafaqat Bax nomi bilan bog‘langan balki bu yerda turli zamonlarda Mendelson, Shuman, Shiller kabi mashhur insonlar yashab o‘tishgan. 1920-yillardayoq «Leypsig — musiqalar shahri” shiori paydo bo‘lgan. Festival 2000-yilda Baxning tavvalud topgan kunining 250 yilligiga bag‘ishlab boshqalardan farqlio‘laroq keng tarzda nishonlandi. Festivalning keyingi yillardagi an’anaga aylanib qolgan yangiliklardan biri mashhur muzikantlarga Baxning maysen farforidan yasalgan medalini topshirish bo‘lib qoldi.