Do’stlik – bu nafaqat yoqimli jamoa va manfaatlar yaqinligidir. Bu – beg’araz ma`naviy yaqinlikka va o’zaro bog’lanishga asoslangan munosabatlardir. Do’stlarga nafaqat yordam so’rab, balki quvonchni bildirish uchun murojaat qilish mumkin. Butun dunyo xalqlarida do’stlik azaldan ulug’ qimmatlik deb hisoblanib kelgan. Afsuski, oxirigi paytlarda asl do’stlikni o’rnini ish bo’yicha yoki o’zaro manfaatli munosabatlar egallab qolmoqda. Shuning uchun asl do’stlarni e’zozlab, do’stlikni asrash kerak. Xalqaro do’stlar kuni aynan do’stlarga ular siz uchun qanchali qimmatligini yana bir bor bildirish uchun tashkil etilgan. Balki, kimdir uchun ushbu bayram bir necha yildan beri ko’rishmagan do’stlariga telefon orqali qo’ng’iroq qilish, yoki diydor ko’rishib yangiliklar bilan o’rtoqlashib yoqimli damlarni eslash uchun sabab bo’lar.