Sehrgarlik: 2009-yil 7-iyunda barcha suv havzalari toza bo‘lib qoladi! Ammo hech bir sehrgarlik birdaniga bo‘lib qolmaydi, akvatoriyalar tozalanishi ham xuddi shunday. Suvdagi axlat «ajoyibona» kamayib qolishi uchun mana yettinchi bor Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni o‘tkazilyapti. Odatdagidek bu aksiya yozning birinchi yakshanbasida o‘tkazilyapti, ammo 2009-yilda bu kun aynan 7-iyunga to‘g‘ri keldi, yetti — shunchaki baxtli raqam emas, bu aksiyaning shuncha marta o‘tkazilayotgani ham. Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni-PADI tashabbusi bilan ko‘pgina mamlakatlarda har yili o‘tkaziladigan global tadbir. Shu kuni suv ostida suzish klublari mahalliy suv havzalariga sayr uyushtiriladi, u yerda dayverlar va ularning yaqinlari hamda tabiatni sevuvchilar sohil bo‘yi va suvni axlatdan tozalaydilar. Xalqaro suv havzalarini tozalash kunida qatnashish aynan kungilli ish. Aksiya davomida juda ko‘p miqdorda axlat yig‘ilib yo‘q qilinadi, cho‘milish joylari(plyaj) esa nafaqat toza, xatto yozgi dam olish uchun xavfsiz ham bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni jamiyatning muhim muammolarini hal qiladi. Misol uchun, PADI «Akvanavt” dayv-markazi tomonidan yosh avlodga mo‘ljallangan ta’lim yo‘nalishidagi aksiya tayyorlayapti. Tadbir boshlanishidan avval bolalar atrof muhit himoyasi haqida ma’ruza tinglaydilar, so‘ngra atrofni tozalash tadbirida qatnashadilar. Bundan tashqari, aksiyaning yosh ishtirokchilariga dayving bilan tanishtiruvchi qiziqarli dastur tayyorlangan, turli o‘yinlar, asfaltga rasm chizish bo‘yicha bolalar konkurslari tashkil etilgan. «Akvalangist” dayv-markazi ham qiziqarli aksiya o‘ylab topgan: ular Moskvaning eng chiroyli manzarali joyi — Stroginskiydagi o‘tloq yerlarni tozalash bo‘yicha juda katta ishlar mo‘ljallashgan. Bu ommaviy tadbirda juda ko‘p dayverlar va «sho‘ng‘ishni bilmaydigan tomoshabinlar” qatnashadi. Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni — bu umumiy maqsad yo‘lida hamkorlik hamdir. Mana shunday, PADI «Loxmatiy kasha lot” besh yulduzli dayv- markazi Coca-Cola Hellenic kompaniyasi bilan birga umumiy aksiya o‘tkazishadi. Ular birgalikda Istra suv omborining jamoat cho‘milish joylarini tozalaydilar, dala oshxonasini uyushtiradilar, turli quvnoq konkurslar tashkil etadilar. «Morskiye angel” dayv-markazi tayyorlagan Xalqaro suv havzalarini tozalash kunida Indoneziyaga sayohat lotoreyasi o‘ynaladi. Bu aksiyada faqat PADI ning maxsus kurslaridan 2009 yil 1-yanvaridan 1-iyunigacha sertifikat olishga muyassar bo‘lgan dayverlar qatnashadilar.