6-iyun Shvetsiyaning milliy bayrami va Shvetsiya bayrog’i kuni
Shvetsiya Qirolligi-Shimoliy Yevropada, Skandinaviya Yarim orolining sharqiy qismidagi davlat. Poytaxti — Stokgolm shahar. Shvetsiyada konstitutsiyali monarxiya hukm suradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1975-yildan kuchga kirgan. Davlat boshlig’i qirol (1973-yildan Karl 16 Gustav). 1397-yilda Shvetsiyaning Daniya va Norvegiya bilan birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe bo’lib qoldi. XV-XVI asr boshlarida Daniya hukmronligiga qarshi milliy harakati avj oldi. 1521-23-yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida ko’tarilgan g’alayon Daniya hukmronligiga barham berdi. Gustav Erikson 1523-yilda Gustav 1 nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga asos soldi. Shvetsiya milliy bayrami va bayrog’i кuni 1983-yildan buyon bayram qilinadi va u ikkita tarixiy sanani: 6-iyun 1523-yil qirol Gustav Erikson tavallud topgan kun; 6-iyun 1809-yilda yangi konstitutsiyani qabul qilingan kunni yodga olish maqsadida nishonlanadi. Shvetsiya bayrog’i ranglarining kelib chiqishi qirol Magnus Ladulos (1275-yil) gerbi bilan va 1364-yilda qirol Albrekt Meklenburg davrida qabulqilingan havo rang fondagi uchta davlatning oltin toj tasviri tushirilgan gerbi bilan bog’liq. 1448-yilda qirol Karol Knutsson bu davlat timsollarini birlashtirib, to’rga bo’lingan oltin xojni yangi davlat gerbida aks ettirdi. Bu gerb XVI asrning o’rtalaridayoq harbiy kemalarni bezab turuvchi Shvetsiya bayrog’ining timsoli bo’lib hisoblangan. Uzoq yillar davomida Shvetsiya o’z milliy kuniga ega bo’lmagan birdan-bir davlat bo’lgan. Faqat 1983-yil 6-iyunda Shvetsiyaning milliy kunini nishonlash rasmiy ravishda e’lon qilindi.