3-iyun Amerika astronavti Edvard Uayt jahonda ikkinchi bo’lib ochiq fazoga chiqqan kun
3-iyun Amerika astronavti Edvard Uayt jahonda ikkinchi bo’lib ochiq fazoga chiqqan kun
1959–1960 Amerika uchuvchisi Edvard Uayt Amerikaning Edvars aviabazasida harbiy havo xizmatida uchuvchi – sinovchilika o’qidi. O’qishni tugatgandan so’ng Ray Patterson avibazasining aviyasiya sohasi bo’limiga yo’llanma oldi. Aynan shu yerda birinchi marotaba kosmik ishlar bilan tanishdi. Uayt parabal traektoriyasi uchun moslashgan KS – 135 rusumli samolyotning uchuvchisi bo’lgan. Uning samolyotida NASAning birinchi tanlovdan o’tgan astronavtlar kosmosga uchishga tayyorgarlik ko’rishgan. 1962-yil sentyabrida NASAning ikkinchi tanlovida Uaytning o’zi hamma medisina testlaridan o’tib, astronavtlar gruppasiga kirdi. 1965-yil 3-iyunda u «Gemini-4” korabilida kosmosga uchdi. Uchish davrida u amerika astronavtlari orasida birinchi (dunyo bo’yicha ikkinchi) bo’lib ochiq kosmosga chiqib 36 minut ishladi. Kosmosni manyovr qilishda qo’l reaktiv moslamadan foydalandi. Uning kosmosdagi parvozi 4 sutkadan iborat bo’ldi. 1966-yil 21-martda Edvard Uaytni «Apollo” dasturi bo’yicha birinchi fazoga uchuvchilarning rahbari qilib tayinlashdi. 1967-yil yanvarda odatdagi mashqlardan birida kosmik kemada yong’in sodir bo’ldi. Hamma ekipaj a’zolari va Uayt ham halok bo’lishdi. Edvard Uaytning vafotidan so’ng unga AQSh kongressining faxrli Kosmik medali bilan taqdirlandi.