Har yili 2-iyunda Ozarbayjonda aviatsiya sohasida xizmat qiluvchilarning professional bayrami grajdan aviatsiyasi kuni nishonlanadi. Bu bayramni nishonlash 2006 yil 18 mayda Ozarbayjon prezidentining farmoni bo‘yicha ta’sis etilgan. Bu sanani belgilanishi tarixi 2-iyun 1938-yilda Ozarbayjonda birinchi aviatsiya guruhi tashkil qilingan kun bilan bog‘langan. 9-oktyabr 1992-yil Ozarbayjon Respublikasi Xalqaro Grajdan Aviyatsiyasi tashkilotiga a’zo bo‘lish huquqiga ega bo‘ldi. 2002-yilda Yevropa Grajdan Aviatsiyasi Konferensiyasiga a’zo bo‘ldi va har yili хalqaro grajdan aviatsiyasi tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib bordi. Hozirgi kunda Ozarbayjon bilan 29 ta davlat havo yo‘li bilan shartnomalar tuzgan. Ozarbayjon aviatsiyasi samalyotlari jahonning 32 mamlakatlariga qatnaydi. Yo‘lovchilarni va yuklarni tashish «Boeing-757”, «Boeing-767”, «Airbus-319”, «Airbus-320” va «Airbus-340-500” samalyotlarida amalga oshiriladi.