Ananas — allaqachon stolimizda kamyob narsa emas. Boshida barglar sultoni bilan bu ekzotik meva endilikda an’anaviy mandarin va apelsinlarning qatoridan joy oldi. Tailandning Lampang viloyatida, har yili shu sevimli mevaga bag‘ishlangan bayram o‘tkaziladi. Bu bayramning nomi «Ananas festivali”dir. Bayram iyunning birinchi dam olish kunlarida boshlanib uch kun davom etadi. Bu o‘ziga xos Hosil bayrami, chunki aynan shu kunlarda butun mamlakat bo‘yicha ananas hosilini yig‘ishadi. Lampangga boshqa viloyatlardan mehmonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, xalq ijodiy jamoalari va,albatta, ko‘plab turistlar kelishadi. Yillar o‘tib bayram o‘z an’analariga ega bo‘ldi. Festival ishlab-chiqaruvchilarning, qayta ishlovchilarning va yetkazib beruvchilarning amaliy tadbirlaridan boshlanadi. Tajriba almashish seminarlari va uchrashuvlari o‘tkaziladi, yetkazib beruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida shartnomalar tuziladi, ananaslarning turli navlarini mahsus ko‘rgazmalari uyushtiriladi, u yerda ananaslardan tayyorlangan har xil shirinliklar va ovqatlardan totib ko‘rish va turli yodgorliklar xarid qilib olish mumkin. Amaliy tadbirlardan so‘ng ananaslar bilan to‘ldirilgan va bayramona yasatilagan aravalarning an’anaviy tantanali yurishi bo‘ladi,aravalarni qo‘shiq aytib o‘yin tushayotgan qatnashuvchilar kuzatib borishadi. Bayram mushakbozliklari, meva sharbatlari — hammasi xursandchilikni oshiradi, milliy kolorit, iliq dengiz, yam-yashil o‘simliklar va yorqin bayram mehmonlarda unutilmas taasurot qoldiradi, ular raqs, qo‘shiq aytish, sport konkurslarida ham qatnashishlari mumkin. Ananaslardan nafaqat noz-ne’mat tayyorlanadi, hozirgi vaqtda ularni haykaltaroshlikda ham xom ashyo sifatida ishlatilyapti. Festivalning so‘nggi kunida go‘zallik konkursi o‘tkaziladi, unda «Miss Ananas” saylanadi. Ananaslar Festivali ko‘plab turistlarni chaqiradi, ular uchun festival tay go‘zalliklarini to‘ldiradi. Lekin, Tayland — ananas festivali o‘tkazadigan yagona mamlakat emas. Boshqa mamlakatlarda ham bu ajoyib mevaning dong‘i chiqqan. Masalan, Xindiston, Florida va Gavay (AQSH), San-Migel (Azor orollari), Bagam orollarida, Malayziya, Mozambiklarda ham ananas festivali o‘tkaziladi.