1-iyun Dunyo miqyosidagi sut kuni

 1-iyun Dunyo miqyosidagi sut kuni

1-iyun «iching, bolalar, sut, bo‘linglar sog‘lom! » — ushbu ibora to‘laligicha  1 iyunga  mansub  — bu sanada, butun dunyo na faqat xalqaro bolalarni himoya qilish kunini, balki  dunyo miqyosidagi sut kunini (World Milk Day) ham nishonlaydi. Birinchi marta bu bayram 2001 yilda   BMT ning  oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkilotlari taklifi bilan nishonlandi. O’shandan beri an’ana dunyoning  ko’p mamlakatlarida keng tarqaldi. Bayramning maqsadi — sutni va sut mahsulotlarini odamlar o‘rtasida ommalashtirish, hamda  sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyat haqida aholini xabardor qilish. Nimaga dunyo miqyosidagi sut  kuni xuddi 1-iyunda nishonlanadi? Gap shundaki, BMTning bayram qilish g’oyasini qo’llab-quvvatlovchi  ayrim mamlakatlarda milliy sut kunini  bayram qilish an’anasi  bo’lgan. Va deyarli barcha mamlakatlarda bu bayram  1-iyunda yoki shunga yaqin sanada nishonlangan.  Shuning uchun rasmiy sut kunini yozning birinchiga kunida nishonlashga qaror qilingan.  2008-yilga kelib  bir vaqtning o‘zida dunyo bo‘yicha 40 ta  har xil davlatlar sut kunini bayram qilishda qatnashishdi, bulardan ko‘pchiligida bayram  mamnuniyat bilan keng miqyosda va tantanavor o’tadi.   Argentinada   feremerlar uyushmasi «sut va asal daryo bo’lib oqadigan  mamlakat”  iborasi ostida   sutni iste’mol qilishning  yirik  targ‘ibot kompaniyasini tashkil qildi.   Germaniyada milliy bayram  «tezroq, kuchliroq, aqlliroq, bu hammasi sut tufayli” devizi ostida o‘tdi. Norvegiyada   sut mahsulotlari milliy kengashi  sut to‘g‘risidagi eng yaxshi voqea uchun internet-konkurs  o‘tkazdi, g’olib muallif  oldi pullik sovrin bilan taqdirlandi.