Bizning sayyorada yana bir yangi bayram-butun dunyo ota-onalar kuni (Global Day of Parents) 2012-yili sentyabrda BMT Bosh Assambleyasi 66- sessiyasida e’lon kilingan edi. 2013-yildan boshlab, butun dunyodagi ota-onalar sharafiga har yili 1-iyunda nishonlanadi. Bayram mo’ljali — sayyoramizda istiqomat qiluvchilarga umuminsoniy qadriyatlarni eslatish, bu qadriyatlar mustahkam va axloqiy oilaning asosi bo’lishiga erishish. Axir oila (birinchi navbatda ota-ona) bolalarni himoya kilish va tarbiyasiga javobgar. BMT Bosh Assambleyasi hamma aьzo bo’lgan davlatlarni bayramni «fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik doirasida yoshlar va bolalarni jalb qilgan holda» nishonlashga da’vat qiladi.