Angliyadagi Big Ben minora soati ishga tushirilgan kun

Angliyadagi Big Ben minora soati ishga tushirilgan kun

  Aniqlik-qirollarning xushmumalaligi. Aynan bu ifoda to’g’ridan-to’g’ri o’z ifodasini topgan. Shahardagi yuzdan ortiq siferblatlardan ko’ra Big Ben minorasidagi soat aniq vaqtni ko’rsatib, u Vestminster saroyi arxitektura kompleksining bir qismi hisoblanadi. Arxitektor Ch. Beri va mexanik B.Valyami bu minoradagi soatni qurishni boshladilar. Bu soat dunyoda  xajmi bo’yicha eng katta va aniq vaqtni ko’rsatadigan, jaranglashi bo’yicha butun shaharga yeshitilishi kerak edi. Minora 1858-yilda ishga tushirildi, minoraning soati esa 31-may 1859-yildan yuritildi. Minoraning ichida balandligi 2 metrli, diametri 3 metrli, og’irligi 13 tonnalik qo’ng’iroq o’rnatildi. Minoraning uzunligi 96,3 metrni tashkil etadi. Big Benni sifrblati 4 tomonga qaratilgan.U Birmingem opalidan qilingan bo’lib, har birining  diametri 7 m. dan iborat. Siferblatlarning negizida lotin yozuvida «Bizning qirolicha Viktoriya 1ni o’z panohingda asra” degan yozuv bor. Big Ben tarixda faqatgina vaqtning ramzi bo’lib qolmasdan, balki Buyukbritaniyaning taniqli timsollaridan biri bo’lib qoldi.