26-may Polshada onalar, Gruziyada mustaqillik kuni

26-may Polshada onalar kuni

 May oyida quyosh charaqlab, tabiat o‘zgacha tus oladi. Tabiatning bahorda uyg‘onishi  qandaydir iliqlik, yangilikni yaratilishini insonning diliga soladi. Aynan shunday his-tuyg‘u ona bilan bola o‘rtasida paydo bo‘ladi. Polshada onalar kuni-juda chiroyli, samimiy, ko‘ngilni yumshatadigan bayramdir, chunki har bir farzand yoshligidan boshlab, to umrining oxirigacha qalbida yakkayu-yagona, tengi yo‘q siymoni-har doim seni tushunadigan, avaylab-asraydigan, jon-dili bilan sevuvchi ona siymosini saqlab yuradi. Onalik baxti va go‘zalligini asrlar o‘sha rassomlar, yozuvchilar, shoirlar kuylab kelganlar. Bu esa bejis emas, chunki davlat va jamiyatning madaniyati va ravnaqi bolaga  tarbiya berayotgangan ayolning qadrlanishi, sharaflanishi bilan bog‘liq. Necha zamonlardan beri ayol nazokat va nafosat, sadoqat va muhabbat, sabr va matonat, shijoat va jasorat sohibasi sifatida dunyoni lol qoldirib kelyapti. Tarix sahifalarini varaqlasak, mashhuri jahon ayollarni ko‘p uchratamiz. Ona mehrini ko‘rgan, mustahkam, ahil-totuv oilada o‘sgan bolalar eng baxtli bolalardir.