24-may Abu Ali Ibn Sino Venera sayyorasini Quyosh atrofida aylanishini kuzatgan kun.

24-may Abu Ali Ibn Sino Venera sayyorasini Quyosh atrofida aylanishini kuzatgan kun.
  Abu Ali Ibn Sino (980.8, Afshona qishlog’i-1037.18.6, Hamadon shahar; Eron)-jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgano’rtaosiyolik buyuk qomusiy olim. G’arbda Avitsenna nomi bilan mashhur. Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va buqiziqish umrining oxirigacha saqlangan. U 8ta mustaqil risola hamda «Kitob ash-shifo” va «Donishnoma” ning riyoziyotqismlarida astronomiyaga alohida boblarini bag’ishlagan. Ibn Sino astronomiyadagi juda kam uchraydigan ko’rinishni Venerani Quyosh gardishi atrofida aylanishini kuzatdi va tafsiflab berdi.  Astronomlar uning  yozib qoldirgan ishlariga faqatgina 1980-yilda  Ibn Sino tavallud topgan kunining 1000 yilligini nishonlash arafasida  e’tibor berishdi. Bungacha «quyosh reyd”ini 1639-yilda Yevropaliklar kuzatgan deb o’ylashgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Ibn Sinoning «Zarringizga noma…” asarida qator astronomik kashfiyotlar jamlangan. Biroq, bu asar hozirgi kunga qadar yetib kelmagan. Oy haroratini belgilashdagi yutuqlari haqida Beruniy: «Amaliy jihatdan Ibn Sinoning uslubi Oyning tez harakatlanishi tufayli murakkab, ammo nazariy jihatdan eng to’g’ri yo’l” deb yozgan edi.