Bu kunni nishonlash 1999-yili oktyabrda o’lchov va torozilar xalqaro qo’mitasi tomonidan ta’sis etilgan bo’lib, 20-mayda nishonlanadi. 1875-yil 20-mayda xalqaro metrologiyaga poydevor bo’lgan ilmiy-texnik hamkorlik to’g’risidagi birinchi hukumatlararo kelishuv — Metrik konvensiya imzolangan edi. An’anaga ko’ra, bayram oldidan matbuotda O’lchov va torozlar xalqaro ko’mitasi rahbarining maktubi nashr qilinadi. Metrologlar o’zi kim? Nima bilan shug’ullanishadi? Ayrimlar ularni meteorologlar bilan adashtiradilar. Qarangki, o’lchovlar haqidagi ta’limot ancha ilgari paydo bo’lgan va so’z birikmasi «o’lcham haqidagi fan» ma’nosini bildiradi. O’lchovlar haqidagi ta’limot o’lchov bilan ish ko’radigan barcha fanlar va darslarga kirib boradi va ular uchun yagona fan hisoblanadi. O’lchovlar haqidagi ta’limot asoschisi bo’lib, D.I.Mendeleyev hisoblanadi. O’lchovlar haqidagi ta’limotning asosiy tushunchalari: o’lchash, o’lchash vositalari, o’lchovlar haqidagi ta’limot, o’lchovni bajarish uslublari.