19-may Yer Galleya kometasi dumi orqali o’tgan kun
Dumli yulduz Galleya — kometalarning eng ommabopi. U quyosh atrofida 74 yildan 79 yilgacha davriylik bilan o’ta chuziq elliptik orbitada harakat qilyapti. 1835-yilda kometa paydo bo‘lgan vaqtida spektral analiz yordami bilan kometa atmosferasi tarkibida sian molekulyar tasmalari, buguvchi gaz va boshqa boglanmalar borligi aniqlangan. Shuning uchun Yer atmosferasining odamlar sog‘lig‘i uchun xavfli zaharli kometa gazlari bilan zaharlanishi xaqidagi mish-mishlar tez tarqalgan. Astronomlar oldindan aytganidek, 1910-yili 19-may Yer Galleya kometasi dumi bilan «to‘qnashdi». Biroq hatto eng aniq o‘lchov anjomlar ham yer atmosferasida hech qanday antiqa o‘zgarishlarni sezmadi, qaysiki shu voqyea bilan bog‘lash mumkin bo‘lsa. Shuning uchun 1910-yili may oyida ko‘pchilik mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan qo‘rquv to‘lqini hech qanday asosga ega bo‘lmagan. Galleya kometasi dumi orqali o‘tib, yer o‘ziga hos zond rolini ijro etgan. Ta’kidlash kerak, yer bir necha bor kometa dumlaridan o‘tgan, va natija doimo bir xil — yer atmosfersi jarayonlariga kometa dumi moddalari hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Astronomlar va ko‘plab dunyo aholisi Galleya kometasining dumida va boshida ro‘y berayotgan hamma o‘zgarishlar ortidan diqqat bilan kuzatdilar. Kuzatishlar davrida uning mingdan ortiqroq astronegativi olindi, yuzlab spektrogrammlar, bir necha yuzlab kometa rasmlari va ko‘p sonli har xil paytlarda kometaning ekvatorial koordinatalari ta’rifi qilindi. Bu badavlat material barchasi kometa orbitasida harakatlari fe’l-atvorini butun tafsilotlari bilan tekshirishga, uning boshi va dumi tuzilishiga oid o‘ziga xos hususiyatlarini, kimyoviy tarkibini o‘rganishga, hamda kometa yadrosi va atrofdagi uning atmosferasi qator boshqa jismoniy ko‘rsatkichlarini olishga yul ochdi. Xatto san’atchilar ham foydalanishdi. Yevropada va Rossiyada darhol bir qancha rassomlar osmonda qurollanmagan ko‘z bilan deyarli bir oy durust ko‘rinadigan ob’yekt suratini yaratdilar. Galleya dumli yulduz — qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rinadigan, yolg‘iz kichik davrli dumli yulduz. So‘nggi ko‘rinishi 1986-yili fevralda bo‘lgan edi; keyingisi mutaxassislarning hisoblari bo‘yicha 2061-yil o‘rtasida bo‘ladi.