Butunjahon telekommunikatsiya kuni halqaro telekommunikatsiya ittifoqiga (XTI) asos solingan va 1865 yili birinchi Xalqaro telegraf konvensiya imzolangan kun sharafiga 17 mayda har yili nishonlanadi.
2005-yil noyabrda Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha yuqori darajada butunjahon uchrashuvi (AJYuDU) BMT Bosh Assamleyasiga 17-may kunini Butunjahon axborot jamiyati kuni deb elon qilishi taklifi bilan chiqdi.
2006-yil 27-martda BMT Bosh Assamleyasi rezolyutsiyani (A/RES/60/252) qabul qildi, unga asosan Butunjahon axborot jamiyati kuni 17 mayda har yili nishonlanadi.
2006-yil noyabrda Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan XTI Vakolatli Konferensiyasida 17-may Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kuni deb e’lon qilindi.
Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kunining maqsadi bo‘lib axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish jamiyat va mamlakatlarga imkoniyatlar to‘g‘risidagi xabardor bo‘lishlik darajasini oshirish imkoniyati hisoblanadi.
Manba: www.unicon.uz