16-may Germaniyada dunyoda birinchi marta tramvayda yo‘lovchi tashish boshlandi
16-may Germaniyada dunyoda birinchi marta tramvayda yo‘lovchi tashish boshlandi
XIX asr oxirida Berlinning markazida, shahar aholi soni million kishidan oshib ketgani sababli, kucha harakati juda qiyinlashgan edi. Ahvolni yengillashtirish vositalaridan biri elektr tramvay edi. Bu vaqtda elektr kompaniyasining boshlig’i muhandis Verner Fon Simens passajir tashuvchi elektr tarmoq qurish taklifi bilan chiqdi. 1879 yili bahorda Simens Berlin ko‘rgazmasida dunyoda birinchi elektr temir yo‘lini taqdim etdi — » vagonlari bilan elektrolokomotiv». Bu ixtiro sensatsiya bo’lgan edi. Uchta vagonchalik poyezd 18 yo‘lovchi bilan 7 km/soat tezlikda yurardi. Ko‘rgazmaning ko’plab tashrif buyuruvchilari «par yoki otlar yordamisiz” harakatlanayotgan bu g’aroyib poyezdga chiqib sayohat qilish istagini bildirishdi. Temir yo‘llarga yevropa aholisi odatlanib qolgan, lekin tutunli parovozi bo’lmagan poyezd ko’pchilikni hayratda qoldirdi, lekin transportni elektrlashga bo’lgan munosabat aholida sergaklik uyg’otardi. Shunday turdagi transportni yashash qobiliyatini isbotlamoq uchun, Simens o‘zining puliga tramvayning elektr bilan harakat qiladigan ko’rgazma andozasini qurishiga to‘g‘ri keldi. 1881-yili 16-mayda Berlinning chekkasida, Lixterfeld bilan Kadet korpusi oralig’ida dunyoda birinchi elektr tramvay o‘tdi. Dunyoda birinchi elektr temir yo‘lda yo‘lovchi tashish harakati shunday bo’lgan edi, shu bilan otlar o’rniga elektr tortish kuchi ishlatila boshlandi. 30 km/soat tezlikda yuruvchi tramvay, birinchi uch oy davomida 12 mingdan ortiqroq yo‘lovchilarni manziliga yetkazdi. Birinchi tramvay, birinchi elektrovoz kabi relslardan keluvchi elektr toki yordamida harakatlanardi. Bizga odatiy tamvay, yoy va simlar bilan, 1890-yilda paydo bo‘ldi. Yo‘lovchi transporti ko‘rinishidagi tramvay butun dunyoda juda tez tarqalib rivojlandi.