Bugun aytish mumkinki, agar kimdir tarjimai hol yozyapti, demak, ularni kimdir o’qiyapti va bugun xuddi o’sha kun, qachon sevimli yozuvchining yoki artistning biografiyasini qaytadan o’qish mumkin. Vaqt topib o’z avtobiografiyamizni yoza boshlaymiz. Nimaga xuddi bugun? Chunki 16-mayda biograflar kuni (Biographers Day) nishonlanadi. Bugun bilarmonlar va qiziquvchi odamlar (Samuel Jonson, 1709-1784) ơzining biografi (James Boswell, 1740-1795) bilan birinchi uchrashuvi yilligini nishonlaydilar. Ular 1763-yilda Londonning kitob do’konlarining birida uchrashdilar, uchrashuv va ularning orasida o’rnatilgan munosabatlar natijasida 1791-yilda ikki tomlik «Samuel Jonson hayoti» kitobi chop etildi. Ma’lumki, angliyalik Samuel Jonson yoki doktor Jonson uni ko’proq shunday atashgan, atoqli tanqidchi, tilshunos va XVIII asr ikkinchi yarmi shoiri edi. Uning eng mashhur mehnati «Ingliz tilining izohli lug’ati» (Dictionary of the English Language) bo’lib, Jonson uning ustida 9 yil ishladi. Jeyms Bosvellning mashhur biograflardan biridir. Shotlandiyalik yozuvchi va memuarchi Jeyms Bosvell, Jonson bilan uchrashgandan keyin ko’p yillar davomida u bilan suhbatlashish, uning aqlga tơg’ri kelmaydigan o’tkir mulohazalarini va tanbehlarini yozib borish sharafiga ega bo’ldi. «Samuel Jonson hayoti» ko’plab adabiy tanqidchilar fikriga ko’ra, ingliz tilda yozilgan buyuk tarjimai hol, ushbu kunda ham ommabop va o’qiladigan kitob. Biograf qadimgi grek ikkita sơzidan olingan — hayot va yozyapman. Boshqa so’zlar bilan aytganda, biografiya deb odamning boshqa odam yoki bir necha odamlar tomonidan yaratilgan tarjimai holini ataydilar. Ko’pchilik hollarda biror odam haqida bilmoqchi bo’lsak tarjimai hol ma’lumotlarning eng birinchi manbai bo’ladi. Biograflarning ikir-chiqir va tinimsiz mehnati tufayli qadimgi zamonlar buyuk insonlari haqida, o’sha davrlar hulq-atvorlari va urf-odatlari to’g’risidagi ma’lumotlar biznning kunlarga qadar etib keldi. Qadimgi grek faylasufi Plutarxni birinchi biograf deb atash mumkin. Pushkinning birinchi nashrchisi va biografi — P.V.Annenkov, L.N.Tolstoyning — P.I.Birekov ismlari ma’lum. Afsuski, ko’plab atoqli biograflar ismlari unitilgan, lekin ular qoldirgan tarjimai hollar har qanday mamlakat uchun doimo qimmatli adabiy meros bo’ladi va tadqiqotlar uchun tuganmas manb’a bo’ladi va bugungi bayram — ko’pincha soyada qoladiganlar xizmatini eslab nishonlashga sabab bo’ladi.