1637-yil 15-mayda juda katta bayram e’lon qilindi. Bayram tantanasiga dunyoning barcha botanik va bog‘dorchilik mutaxassislari taklif qilindi. Bayram Xarlem markaziy ko‘chasida qo‘llarida qora lolalar ko‘tarib, uzun kiyimlar kiyib olgan erkaklarning tantanali karnavali bilan boshlanadi. Ularning ketidan oppoq baxmal to‘shalgan, o‘rtasida billur guldonda qora -binafsha rangli lola solingan zambillar olib o‘tiladi. 1986-yil martda Gollandiya Milliy institutining direktori Xenk van Dam jurnalistlarga institut laboratoriyasida mutlaqo qora lolalarni yetishtirilgani haqida ma’lum qildi. Shunday qilib, 1637-yilda qora lolani namunaviy navini yetishtirilgan.