15-mayda Choson davridagi buyuk monarx maorifchisi Sechjonning tavvalud topgan kuni, shu sababli janubiy Koreya pedogoglari o’zlarining kasbiy bayrami – o’qtuvchilar kunini noshonlashadi. Aa’naga ko’ra bu kun o’quvchilar va ularning ota-onalari, o’qituvchilarga o’z minnatdorchiligini bildirib sovg’alar va gullar berishadi. Keyingi yillarda bu bayram Koreya pedogoglari uchun quvonarli bayram bo’lmay qoldi. Chunki ko’pgina tanqidiy fikrlar bildirilib, bayram o’zinig oldingi mazmun mohiyatini yo’qotib, faqatgina rasmiyatchillika aylanib qolgan. Ko’pgina ota — onalar va o’qtuvchilar bu bayramni kunini o’zgartirish yoki bayramni bekor qilish tarafdorlaridurlar. Keyingi yillarda davlat maktablarining va o’qituvchilarining obro’lari repetitorlarga qaraganda ancha tushib ketgan. O’quv yili Koreya maktablarida 2-martdan boshlanadi va rasmiy ravishda fevralning oxirida tugaydi. Koreya maktablarining sinf rahbarlari har yili o‘zgarib turadi. Shuning uchun o’qituvchilar kuni o’quv yilining aynan qizg’in davriga to’g’ri kelgan bo’lib, ota — onalarning snif rahbarlariga bo’lgan bee’tiborsizligi ularning farzandlarini o’quv yili davomida sevimli o’quvchilariga aylanmasligiga olib keladi. Agar bayramni fevral oyining oxiriga ko’chirilsa unda ota — onalar ma’qul topsalar sinf rahbarlarini chin qo’ngildan tabriklashlari mumkin.