15-may Iogann Kepler o’zining quyosh sistemasidagi sayyoralar harakatining uchinchi qonunini ochgan kun
15-may Iogann Kepler o’zining quyosh sistemasidagi sayyoralar harakatining uchinchi qonunini ochgan kun
1618-yil 15-mayda mashhur nemis astronomi Iogann Kepler (1571-1630) sayyoralarning Quyosh atrofida aylananish davri kvadratlarining nisbati ularning quyoshdan o’rtacha uzoqligi kublari nisbatiga tengligini aniqladi. Elliptik orbita bo’ylab harakatlanuvchi osmon jismlariga tegishli Keplerning uchinchi qonunini sayyoralar va ularning yo’ldoshlari hamda umumiy massa markazi atrofida elliptik orbitalar bo’ylab harakatlanuvchi qo’shaloq yulduzlarga qo’llab, bu osmon jismlariga tegishli ba’zi kattaliklarni aniqlash mumkin. Xususan, bu qonun sayyoralarning massalarini Quyosh massasiga nisbatan hisoblashga, shuningdek, kuzatishlar yordamida qo’shaloq yulduzlardan birining ikkinchisiga nisbatan aylanish davrini aniqlash hamda ularning yillik parllakslarini o’lchash asosida, ularning umumiy massalarini hisoblashga imkon berdi. Kepler o’z qonunlari asosida sayyoralarning harakat jadvallarini tuzdi.