15-may Amerikalik Ellen Cherch dunyoda birinchi bo’lib styuardessa bo’lgan kun
1930-yil 15-mayda San-Fransisko-Shayenn reysida dunyoda birinchi bor Ellen Cherch styuardessa vazifasini o‘tadi. Undan keyingi uch yil mobaynida amerika aviakompaniyalarining deyarli hammasi styuardessalar bilan ta’minlandi. Ularning paydo bo‘lishi haqiqatda passajir tashuvchi aviatsiya ning ommalashib ketishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushida Ellen Chyorch meditsina samolyotida hamshira bo‘lib ishladi.Shimoliy Afrika va Italiyadan jarohatlangan askarlarni tashishda yordam bergan. Keyinchalik Fransiyaning sanitar poyezdida ishladi. U bir qancha medallar bilan taqdirlangan. Ellen Cherch Kreskoning nomini abadiylashtirish maqsadida tug‘ilib o‘sgan shahriga uning nomi berilgan.