15-mayda dunyo jamiyati xalqaro iqlimni saqlash kunini o’tkazadi. Bu norasmiy ekologik bayramni ta’sis qilishga meteorologlarning hozirgi va kelajakdagi avlodlar farovonligi manba’i bo’lmish iqlimni asrashga chaqirig’i turtki bo’ldi. Iqlimni saqlash-insoniyat oldida turgan dunyo miqyosidagi muammolarning biri. Globallashish, atmosfera qatlamida ozon miqdorining o’shishi, tabiatdagi keskin o‘zgarishlar, sayyorada ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi — bu hammasi Yerda iqlimni yomonlashishiga olib kelyapti, natijada, odamlarning oziq-ovqatiga, hayotiga va mulkiy havfsizligiga salbiy ta’sir etyapti. Yer haroratining oshib borishi iqlimning halokatli o‘zgarishi qanchalik tez kelishi savoliga zamonaviy fanlar javob qila olishmaydi. Sayyorada orqaga qaytmaydigan iqlimiy o‘zgarishlarga olib keluvchi asosiy muammolardan biri- atmosferaga to‘yingan issiqxona gazlarining ko‘tarilishi. Birinchi marta bu ko‘rinish 1992-yilda Rio-de-Janeyroda Yer sammitida ko’rib chiqilgan. Dunyoning 180 dan ortiqroq mamlakatlari vakillari BMT iqlimni o‘zgarishlar haqidagi konvensiyasini (RKIK) imzolashdi. Bu kelishuv davlatlarning atmosfera sathida issiqxona gazlarini barqaror qilishga yo‘naltirilgan harakatlarning umumiy prinsiplarini aniqladi. 1997-yili oxirida Kioto (Yaponiya) da RKIK a’zolari uchinchi konferensiyasida, konvensiyaga qo‘shimcha, mashhur Kioto protokoli — xalqaro hujjat qabul qilingan edi. Bu hujjat rivojlangan va o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlariga issiqxona gazlari chiqindilarini 2008-2012-yillarda 1990-yilga nisbatan qisqartirish yoki barqaror qilish majburiyatini qo’ydi. 10 yil o‘tgach, 2007-yili dekabrda, Balida (Indoneziya) yana bitta iqlimni o‘zgartirishlar savollariga bag‘ishlangan BMT anjuman bo‘lib o‘tdi. Uning qatnashchilari 190 dan ortiqroq davlatlar vakillari xalqaro kelishuv imzolashdi. Iqlimni asrashga hamma o’z hissasini qo’shishi mumkin, bu murakkab emas. Buning uchun, masalan, avtomobildan kamroq foydalanish, xonadonda energiya saqlovchi yoritish manba’laridan foydalanish, daraxtlar o’tkazish va ko‘kalamzorlikni qo‘riqlashda qatnashish mumkin.