Velosportni yaxshi ko‘ruvchi gollandlar o‘zlarining ikki g‘ildirakli vilosipedlarida shahar kelib, dam olishadi. Shu bilan birga tegirmonniham aylanishadi, chunki 14-may milliy tegirmon kuni hamdir. Aholining har birini garajida bir necha velosipedlari bo‘ladi. Velosipedlarning ko‘pligi buzilishdan emas, balki ko‘pincha o‘g‘irlanishi sabablidir. Velosiped o‘g‘irlash shunday darajaga yetganki ayniqsa hozirgi kunda keng tarqalib, hattoki milliy rusmga aylanib qolgan. Politsiyachilar ham velosipedlarda yuradilar. Ko‘p gollandlar velosipedda yashaydilar desa ham bo‘ladi, chunki ular egardan tushmasdan tanishadilar, o‘tgan-ketganlar bilan so‘rashadilar, tamaddi ham qilib oladilar, mobil telfonlarda gaplashadilar.