12-may Ladoga kanalida ilk marotaba kemalar qatnovi boshlangan kun
1731-yil 12-may 283 yil avval Ladoga kanalida kemalar qatnovi boshlandi. 18 asr boshlarida Sankt-Peterburg floti va qo‘shinlarning transport ta’minoti markaziy guberniyalarining suv yullari orqali bo‘lgan. Neva bilan Volga daryolarining asosiy aloqasi Ladoga ko‘li orqali amalga oshirilardi, lekin ko‘lda tez-tez takrorlanuvchi bo‘ronli shamol kemalar qatnovi uchun favqulotda xavfli edi — ko‘lda shu sababli yuzlab kemalar yuki bilan halokatga uchrardi. Shuning uchun Petr I ko‘llarni aylanib o‘tadigan kanal qurishga qaror qildi. Loyiha bo‘yicha kanal ko‘l qirg‘oq chizigidan bir oz uzoo‘roo‘dan, Volxov va Neva daryolari orasidan o‘tishi kerak edi. Uni loyihaga ko‘ra uzunligi 111 kmni (104 chaqirim) tashkil etgan, Yangi Ladogadan Shlisselburg shahrigacha, kengligi suv yuzasidan- 21 m (10 sajen ) yuqori bo‘lgan. Kanal reja bo‘yicha shlyuzlarsiz, chuqurligi Ladoga ko‘li sathidan 2, 1 m pastroq bo‘lgan. Kanal qurilishi 1719-yili martda boshlandi. Qurilish ishlariga general-mayor G. Skornyakov-Pisarev rahbarlik qildi. Kurilishga minglab odamlar safarbar qilindi -dehqonlar, ko‘ngilli xizmatchilar va harbiylar. Mehnatning og‘ir sharoitlari ,hamda turmush tarzi va ishlab chiqarish yaxshi tashkil etilmaganligi tufayli qurilishda juda ham ko‘p o‘limga sabab bo‘ldi. Rahbarning sustligi, ishlarni qo‘l uchida boshqarib borishi kurilishni cho‘zilib ketishiga olib keldi. 1723-yil kuzda Petr I, shahsan o‘zi kanalda ketayotgan ishlarni borishini tekshirishdi. Su’ratlar pastligi va ko‘p sonli texnik buzishlarni ko‘rib g‘oyat norozi bo‘ldi. U Skornyakov-Pisarevni va ayrim ustalarning hibsga olishni buyurdi. Qurilishga rahbar qilib xarbiy muhandis general-leytenant fon Minix tayinlandi. U kurilshda tartib uyushtirdi, ta’minotni yulga ko‘ydi va ishchilarning maishiy sharoitlarini yaxshiladi, ularga muntazam ravishda pul to‘lanadigan bo‘ldi. Aynan Minix, ko‘lda suvning davriy tebranishlarini hisobga olib, kemalar o‘tishining ulardan qaramligini bartaraf etish uchun, kanal loyihasini shlyuzlar, suv tushirishlar, to‘g‘onlar, zahira hovuzlar va boshqa inshootlar hisobiga mukammallashtirishni taklif qildi. Ko‘p gidrotexnik inshootlar granit bilan bezatilgan bshlib,me’moriy nafislikka ega bo‘ldi. Buyuk Petr I ning o‘limidan so‘ng Yekaterina I kanalda qo‘shinlar miqdorini keskin kamaytirdi. Ishlar su’rati sekinlashdi. Faqat Minix tinmay xarakat qilishi tufayli 1731-yili bahorda qurilish yakunlandi. Qirolicha Anna Ioannovna kanalni tantanali ravishda ochdi, Shlisselburg oxirgi to‘siqni shahsan buzish bilan. 1731 yili (1) 12-may Ladoga kanalida kema yurishining rasmiy sanasi bo‘ldi. Reformator-podsho tashabbusi bo‘yicha barpo etilgan bu kanal uning nomi bilan atalgan: imperator buyuk Petr kanali yoki Petr kanali. Kanal Sankt-Peterburg va Kronshtadtdan keyin miqyosi kattaligi bo‘yicha Petr I davridagi uchinchi kurilish bo‘ldi. O‘sha paytda kanal Yevropaning juda yirik gidrotexnik inshooti va Rossiyaning strategik nufuzli harbiy ob’yekti edi. Afsuski, ayni vaqtda kanallar o‘t bosib ketgan va axlat bilan to‘ldirilgan havzalarga aylandi. Bu yana ham achinarli hol, chunki Ladoga kanallari YUNESKOning dunyo miqyosidagi me’rosi ro`yxatiga kiritilgan.