Bugun 10-iyul — Angliyada ilk bor futbol hakami hushtakni ishlatgan kun
Futbol maydonida hakamlar 1873-yildan paydo bo’lgan. U paytlarda hakamlarning o’zidan o’zi o’yinga aralashish huquqi bo’lmagan. Hakamlarning majburiyatlari vaqtni kuzatish, o’yinchilarni olib tanlash va qo’yish, shu bilan birga guruhdagi o’yinchilar bir-biri bilan chiqisha olmaganlarida ularni murosaga keltirish hisoblanadi.
1878-yilga qadar Futbol hakamlarida hushtak bo’lmagan va ulardan foydalanishni ham bilishmagan, o’yinni boshqarish davomida esa o’zlarining ovozlari, har xil belgilar yoki qo’ng’iroq orqali qarorni aytish, o’zlariga e’tibor qaratishga uringanlar.
1878-yil 10-iyulda Londondagi futbol musobaqasida hakamlikni politsiya hodimiga ishonishgan, o’yin davomida tushunmovchilik paydo bo’lgan va politsiya xodimi o’ylanib o’tirmasdan hushtak chalgan. Hushtakning chalinganidan o’yinchilar shu zahotiyoq larzaga tushishgan. Shu kundan boshlab futbol musobaqalari hushtaksiz o’tmaydi.
@Kun_tarixi_TV24