1 FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

1 FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR


🤴1327 yil—Angliya taxtiga yosh Edvard III o‘tirgan. Haqiqiy hokimiyat esa Edvardning onasi fransiyalik Izabella va uning jazmani Rojer Mortimer qo‘lida to‘plangan;


⚖️ 1587 yil— Angliya qirolichasi Yelizaveta I Mariya Styuartning o‘lim hukmiga imzo chekkan;


📜 1699 yil —Pyotr I Rossiyadagi ariza va shartnomalarni muhrlangan qog‘ozga yozishni buyurgan;


🏝 1709 yil — Robinzon Kruzoning prototipiga aylangan dengizchi Aleksandr Selkirk Tinch okeanidagi Xuan Fernandes arxipelagidagi kimsasiz oroldan topilgan;


📌 1819 yil — Buyuk O‘rda qirg‘izlariga Rossiya fuqaroligi berilgan;


❌ 1865 yil — Qo‘shma Shtatlarda qullik bekor qilingan;


🎥 1893 yil — Tomas Edison dunyodagi birinchi «Black Mary» kinostudiyasini ochgan;


🔫 1908 yil — Portugaliyada qirol siyosatidan norozi terrorchilari tomonidan Lissabon maydonida qirollik oilasi o‘qqa tutilib, qirol Karlos I o‘ldirilgan;


📌 1926 yil — Qirg‘iziston ASSR tashkil topgan;


🚀 1958 yil — AQSHning birinchi sun’iy yo‘ldoshi kosmosga uchirilgan;


🏳️ 1992 yil — Salvadorda sulh kuchga kirgan va 16 yillik fuqarolar urushi tugagan;


🇪🇺 1994 yil — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan imzolangan Shengen shartnomasi kuchga kirgan.