O’zbekiston davlat gerbi qabul qilingan kun

O’zbekiston o’z mustaqilligining birinchi yilidayoq Davlat gerbiga ega bo’ldi. 1992 yilning 2 iyulida “O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining X sessiyasida tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasining Davlal gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o’ng tomonida bug’doy boshoqlari, so’l tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iboratdir. Gsrbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Sakkiz qirra ichida joylashgan yarimoy va yulduz musulmonlaming qullug’ ramzidir. Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo’lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramlar va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo’lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi-Gsrbning pastki qismidagi respublika Davlat bayrog’ini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga «O’zbekiston» so’zi bitilgan. «Gerb» so’zining tarixi haqida qisqacha ma’lumot: «Gerb» so’zi nemischa «erbo» so’zidan olingan bo’lib, shoxlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho’zilgan ulkan sarhadda hukm surgan qadimgi turk xoni O’g’uzxon davrida ham turkcha «tamg’a» so’zi aynan shu ma’noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashididdin Hamadoniy Tanlangan tarixlar» nomli kitobida shahodat berishicha, O’g’uzxon o’z mol-mulkini o’g’illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bo’lib, in’om etgan. Ushbu davlatlar hukmdordan ham o’zlarining xonlik tamg’alariga ega edi. Ko’rinib turibdiki, «tamg’a» so’zining ma’nosi nemischa «erbo» so’zining ma’nosiga to’la mos keladi.


Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.