Dunyodagi eng arzon elektrokar narxi qancha?
Hozirda dunyo bo’ylab elektrokarlarga bo’lgan talab oshib bormoqda. Elektrokar ishlab chiqaruvchi eng mashhur kompaniya bu biz bilgan Tesla.
Elektrokar borasida hardoimgidek Xitoy ham o’z hunarini ko’rsatmoqda. Misol uchun, Xitoy yaqinda Changli nomli dunyodagi eng arzon elektromobilni ishlab chiqardi va uning narxi $930 dan boshlanadi. Bu elektromobil to’liq plastikdan yasalgan, 360 kg og’irlikga va 1,1 ot kuchiga ega. Uning harakatlanish tezligi esa 32 km/soat gacha yetishi mumkin.