Oʻzbekistonda haydovchilik guvohnomalari olish narxi qancha?

Oʻzbekistonda haydovchilik guvohnomalari olish narxi qancha?


— Haydovchilik guvohnomasini olishda 10 foizlik ya’ni 33 000 soʻm miqdorda davlat xizmat haqqi olinadi.


— Shuningdek, quyidagi miqdorlarda ham toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin:

– nazariy imtihon topshirish uchun BHM ning 10 foizi miqdorida yoki 33 000 soʻm.


– har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun BHMning 15 foizi yoki 46 500 so‘m.


– avtomototransportlarni, shu jumladan, transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun BHM ning 10 foizi yoki 33 000 soʻm.


– har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHM ning 15 foizi yoki 46 500 soʻm toʻlash kerak boʻladi.


— Ariza beruvchi nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, unga milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi. Mazkur guvohnomani berish uchun BHM ning 70 foizi ya’ni 231 000 so‘m miqdorida yig‘im undiriladi (https://daryo.uz/2023/08/03/haydovchilik-guvohnomasini-olish-tartibi-imtihonlar-biroz-oshgan-tolovlar).