Dunyo boʻylab Taksi haydovchilari qancha pul topishadi?

Dunyo boʻylab Taksi haydovchilari qancha pul topishadi?


– AQSH, Nyu-York — Taksi haydovchilari yillik eng kami $37 000 boʻlsa, oʻrtacha $45 000 atrofida boʻladi, eng yuqori koʻrsatkich esa $55 000 va ba’zi hollarda undan yuqori boʻlishi mumkin. (https://www.salary.com/research/salary/benchmark/taxi-driver-salary/new-york-ny#:~:text=The average Taxi Driver salary,have spent in your profession)


– Buyuk Britaniya, London — Ushbu davlatda odatda taksi haydovchilarida tajriba muhim sanaladi. Yangi haydovchilar $42 500 topadi, oʻrtachalari esa $49 000 atrofida boʻlsa, tajribali haydovchilar $75 000 gacha topishlari mumkin. (https://uk.talent.com/salary?job=london+taxi+driver#:~:text=The average london taxi driver,up to %C2%A359%2C085 per year)


– Germaniya, Berlin — Bu davlatda taksi ishi asosan kompaniyalar bilan ijara asosida olib boriladi, ammo maoshlar juda yaxshi. Eng kam yillik maosh $6 000 atrofida, oʻrtacha maosh $15 500 boʻlsa, $23 000 va undan koʻp maosh oladi. (https://worldsalaries.com/average-taxi-driver-salary-in-germany/)


– Kanada, Ottava — Ushbu mamlakatda yangi ish boshlagan taksilar $27 500 gacha, oʻrtachalari esa $33 000 atrofida topsa, tajribali haydovchilari esa $44 000 va undan koʻp topadilar. (https://ca.talent.com/salary?job=taxi+driver#:~:text=The average taxi driver salary,up to %2444%2C070 per year)