🇰🇷Janubiy Koreyada o’qish qanchaga tushadi?
▪️Janubiy Korea rivojlangan yuqori daromadli davlatlar qatoriga kirsada, o’qish borasida ko’pchilik chet el studentlar e’tiborini o’ziga tortadi.
Buning eng asosiy sababi narxlarda!
• Koreyada o’qish boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan ancha arzonga tushadi. U yerda bir yillik kontrakt to’lovi o’rtacha 3500$ dan $9000 gacha bo’ladi. Bu to’lov o’quv yo’nalishi va universitet mahaliy va xalqaro obro’siga ko’ra farq qiladi. Albatta, bilimli va talantli o’quvchilar 100% grant asosida ham o’qishlari mumkin!
Quyida studentlar uchun bir oylik o’rtacha xarajatlar ko’rsatilgan:
• Turar joy uchun ijara — 150-500$.
• Oziq-ovqat, yeguliklar — 300-1000$
• Kundalik shaxsiy xarajatlar — 100-1000$
• Demak, o’qish to’lovidan tashqari studentlar moliyaviy holatidan kelib chiqib yashash uchun 450$ dan 2500$ gacha xarajat qilishlari mumkin.
👉Siz ham Janubiy Koreyada o’qishni xohlasangiz, postga reaksiya qoldiring!