iPhone 14 Pro sotib olish uchun necha kun ishlash kerak?

O’tgan hafta Apple kompaniyasi o’zining yangi avlod iPhone smartfonlarini taqdim qildi. O’tgan yilgidan farqli o’laroq bu yilgi iPhone 14 seriyasida Mini model mavjud emas. Uning o’rniga kattaroq o’lchamdagi Plus modeli qo’shilgan bo’lib, u olib tashlangan kichik modelga qaraganda 200 dollarga qimmatroq.

iPhone 14 seriyasi oshirilmagan, oddiy modellar (128 GB) uchun $799/899, Pro modellar (128 GB) uchun esa $999/1099 narxda chiqarilgan. Biroq, ushbu narxlar O’zbekistonda eng kamida 100 dollarga ko’tarilgan holda keladi. Masalan, norasmiy Apple riteylerlaridan iPhone 14 Pro smartfonini $1099 narxda topishingiz mumkin.

Xo’sh, agar O’zbekistonda iPhone 14 Pro sotib olmoqchi bo’lsangiz, uning uchun necha kun ishlashingiz kerak?

Statistika qo’mitasining 2022-yil yanvar-mart oyiga ko’ra berilgan ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekistonda o’rtacha oylik ish haqi 3,426,800 so’mni tashkil qiladi. Markaziy bankka ko’ra esa bugungi kunda 1 dollar 10950.29 so’mga teng va bunda bizning o’rtacha ish haqimiz oyiga ~313 dollar bo’ladi. iPhone 14 Pro narxini $1099 deb oladigan bo’lsak, uni sotib olish uchun 3.5 oy yoxud 105 kun atrofida yemay-ichmay-kiymay ishlashingiz kerak bo’lar ekan.

Keling, endi boshqa davlatlarda iPhone 14 Pro sotib olish uchun necha kun kerak ishlash kerakligini bilan tanishamiz:


Picodi.com tomonidan taqdim qilinayotgan ushbu infografik ma’lumotga ko’ra, iPhone 14 Pro smartfonini eng tez shveytsariyaliklar sotib olishlari mumkin ekan. Buning uchun ularga atigi 4.6 kun kerak bo’ladi. iPhone vatanida yashaydiganlar uni sotib olish uchun 5.7 kun ishlashlari kerak.

iPhone 14 Pro sotib olish uchun eng ko’p ishlashlari kerak mamlakat fuqarolari turkiyaliklar bo’lib, ularga deyarli 147 kun ish kuni kerak bo’ladi. Undan keyingi o’rinda esa Filippin davlati bo’lib, u yerda yangi Pro iPhone sotib olish uchun 90.9 kun ishlash kerak. O’zbekiston esa shu ikki davlat o’rtasiga joylashadi.