Yangi Chevrolet Tracker narxlari 2022 yil Sentyabr
“UzAuto Motors” kompaniyasi birinchi milliy krossover «Chevrolet Tracker» avtomobilining sotuvi boshlanganini rasman ma’lum qildi.
Ya’ni, avtomobil ixlosmandlari bugundan boshlab, «Chevrolet Tracker»ga shartnoma tuzishlari mumkin.
O‘zbekistonda bugundan «Chevrolet Tracker» avtomobilining sotuvi boshlandi. U qanday bo‘lishi va aniq narxlari e’lon qilindi (foto)
Ma’lum qilinishicha, Chevrolet Tracker ixcham krossoveri iste’molchi talablarining eng muhim sifatlarni: zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni o‘zida mujassam etgan.
Chevrolet Tracker o‘zining zamonaviy tashqi ko‘rinishi hamda salon intereri shuningdek, GM tomonidan ishlab chiqarilgan CSS Prime tejamkor dvigateli, hamda intellektual funksiyalar va xavfsizlik tizimlari jamlanmasi bilan ajralib turadi.
LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar zamonaviylik va xavfsizlikni yanada oshiradi. Panoramali lyuk Tracker salonida kenglik va erkinlik tuyg‘usini yaratadi.
O‘zbekistonda bugundan «Chevrolet Tracker» avtomobilining sotuvi boshlandi. U qanday bo‘lishi va aniq narxlari e’lon qilindi (foto)
O‘zbekistonda bugundan «Chevrolet Tracker» avtomobilining sotuvi boshlandi. U qanday bo‘lishi va aniq narxlari e’lon qilindi (foto)
Chevrolet Tracker intereri zamonaviy ko‘rinish va betakror uslubga ega bo‘lgan yuqori texnologiyali, dinamik va tejamkor avtomobil ekanligi bilan ahamiyatlidir. Yangi uslubdagi qulay o‘rindiqlari uzoq safarlarda ham charchoq hissini bildirmaydi. Zamonaviy texnik xususiyatlar avtomobilni boshqarishda yanada zavq bag‘ishlaydi.
Chevrolet Tracker texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 132 ot kuchi quvvatiga ega zamonaviy uch silindrli CSS Prime turbomotor;
6-pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
aralash siklda tejamkor yoqilg‘i sarfi 6.9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo‘lda harakatlanish- 5.6 l/100 km;
Xavfsizlikni ta’minlash tizimi
past tezlikda avtomatik tormozlash;
ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi;
faol favqulodda tormozlash;
oldinda turgan to‘siqlar haqida ogohlantirish;
frontal to‘qnashuv haqida ogohlantirish;
6 ta xavfsizlik yostiqchalari.
Qulaylik
yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (klimat kontrol);
kruiz-kontrol;
aqlli kalit (smart key) va dvigatelni ishga tushirish;
charm qoplamali 3 spitsali rul;
yomg‘ir datchigi;
eko-charmdan o‘rindiqlar qoplamalari;
simsiz zaryadlash;
8 dyumli sensor displeyga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto);
to‘liq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit chiroqlar.
Alohida ta’kidlash joizki, 2023 yildan boshlab Chevrolet Tracker qo‘shimcha opsiyalar: tashqi oynalarni isitish tizimi, old o‘rindiqlarni isitish, oyna tozalagich (dvornik) atrofini isitish, ikkinchi orqa qator o‘rindiqlari isitish tizimi, elektr mexanizmga ega haydovchi o‘rindig‘i, rul isitish tizimi, himoya karteri va «Redline» paketida taqdim etiladi.
Chevrolet Tracker avtomobilini “UzAuto Motors”ning rasmiy saytida nomlari keltirilgan avtorizatsiyadan o‘tgan dilerlik markazlarida sotib olish mumkin. Shuningdek, ushbu dilerliklarda avtomobil bilan tanishish hamda texnik xususiyatlarini o‘rganish uchun test-drayv ham mavjud.
O‘zbekistonda bugundan «Chevrolet Tracker» avtomobilining sotuvi boshlandi. U qanday bo‘lishi va aniq narxlari e’lon qilindi (foto)