Oʻzbekistondan Rossiyaga muntazam avtobuslar qatnovi tiklanmoqda
Mazkur yoʻnalishlarda qatnovlar “Yutong” rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi (https://www.spot.uz/oz/2022/07/16/uzbekistan-russia-bus/).
18-iyuldan boshlab, haftaning dushanba va payshanba kunlari “Toshkent” avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent — Moskva yoʻnalishida qatnovlar amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalishda chipta narxi — 1 000 000 soʻmni tashkil etadi.
Toshkent — Qozon yoʻnalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi — 800 000 soʻmni tashkil etadi.
Toshkent — Sankt-Peterburg yoʻnalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 16:00 da yoʻnalish boʻylab harakatlanishni boshlaydi. Ushbu yoʻnalishga chiptalar 1 250 000 soʻmdan sotiladi.