Janubiy Koreyada o’qish narxi qancha?

Janubiy Koreyada o’qish narxi qancha?


Taʼlim narxi fuqaroligidan qatʼiy nazar, barcha talabalar uchun tengdir. Bakalavriat dasturlari narxi yiliga 6 000 AQSh dollari, magistratura dasturlari yiliga 5 000 AQSh dollaridan boshlanadi.


Janubiy Koreya universitetida bakalavriatga oʻqishga kirish uchun asosan quyidagilar talab etiladi:


• koreys tilidagi ta’lim uchun TOPIK 3-darajali sertifikat;

• ingliz tilida — IELTS 5,5.


Mamlakat universitetlarida dasturlarning 30% ga yaqini ingliz tilida oʻqitiladi. Koreys tilida oʻqish istagida boʻlganlar bir yil ichida TOPIK’dan kerakli darajaga ega bo’lish va oliy oʻquv yurtiga kirish uchun universitetlarda til kurslarida qatnashishi mumkin. Kurslarning narxi har bir sessiya uchun (10 hafta) taxminan 1300 AQSh dollarini tashkil qiladi (http://lenta.uz/post/janubiy-koreyadagi-talim-haqida-qisqacha).


Janubiy Koreyada oʻqish uchun D-2 vizasi talab etiladi. Ariza beruvchining bank hisob varagʻida kamida 10 000 AQSh dollari boʻlishi kerak. Shuningdek, talabaga sil kasalligining yoʻqligi toʻgʻrisidagi guvohnoma kerak boʻladi.


Shuni ta’kidlash joizki, xalqaro talaba 2-semestrdan boshlab haftasiga 20 soat ishlashi mumkin.