“Qiymali sharcha” taomi

Zarur masalliqlar: 2 osh qoshiq sariyog‘, 1 ta piyoz, 500 gr. qiyma, 1 ta tuxum, 1/3 stakan non ushog‘i, 1/4 stakan sut, ta’bga ko‘ra murch, tuz, ozgina qizil qalampir talqoni, jambil va petrushka kerak bo‘ladi.


Tayyorlanishi: mayda to‘g‘ralgan piyozni eritilgan sariyog‘da och jigarrang tusga kirguncha qovurib olamiz. So‘ngra qovurilgan piyoz va boshqa barcha masalliqlarni qiymaga qo‘shib, yaxshilab aralashtiramiz va o‘rtacha shakldagi sharchalar yasaymiz.

Qiymali sharchalarni pechda 20-25 daqiqa davomida qizarguncha pishirib olamiz. Tayyor bo‘lgan qiymali sharchalarni guruch, yasmiqli yoki no‘xatli sho‘rva hamda sabzavotlar bilan iste’mol qilish mumkin.


BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/qiymali-sharcha-taomi/