Zarur mahsulotlar: 250 gr. konservalangan baliq, 3 dona tuxum, 150 gr. piyoz, 200 gr. sabzi, 150 gr. tuzlangan bodring, ta’bga ko‘ra mayonez va o‘simlik yog‘i kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: tuxum suvda pishirib olinib mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Sabzi qirg‘ichning katta tomonidan chiqariladi.
Tovaga yog‘ solib piyozni qizartirib olinadi. So‘ngra ketidan sabzi solib qovurishda davom etilib 5 daqiqaga dimlanadi.
Aloxida likobchada baliqni sanchiq yordamida ezib olinadi. Tayyor bo‘lgan masalliqlarni quyidagi tartib bilan joylanadi.: baliq, mayonez, bodring, mayonez, tuxum, mayonez, qovurilgan sabzi shu ketma-ketlikda joylaniladi.
Salatga qanday shakl berishi o‘z fantaziyangizdan kelib chiqqan holda. Bayram salati tayyor. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/bayram-salati/