Bahoriy taom

Zarur mahsulotlar: 200 gr. go‘sht, 300 gr. ismaloq, 300 gr. sut, 350 gr. makaron, 150 gr. “parmezan” navli pishloq, ta’bga ko‘ra tuz, ziravorlar, sarimsoqpiyoz va o‘simlik yog‘i.




Tayyorlanishi: tovaga yog‘ solinib, unda to‘g‘ralgan go‘sht qovuriladi. So‘ng sarimsoqpiyoz, ismaloq, tuz va ziravorlar qo‘shib, qovurish davom etiladi. Keyin ushbu ko‘katli qiyma ustiga sut va makaron solib, 10 daqiqaga dimlab qo‘yiladi.


Shundan so‘ng qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shilib, aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan taomni dasturxonga tortishdan oldin xohishingizga qarab, bezatishingiz mumkin.



BEGOYIM


soglom.uz/tavsiya/bahoriy-taom/