Shirin manti

Zarur mahsulotlar: 2 choy qoshiq shakar, 0,5 stakan suv, 1,5 stakan un, 150 gr. sariyog‘, 150 gr. karam, 1 dona piyoz, 1 dona sabzi, tuz, murch, shivit(ukrop) kerak bo‘ladi.




Tayyorlanishi:  idishga tuz, un, shakar, ozgina sariyog‘ solib o‘rtacha qattiqlikda xamir qoriladi. Xamir tingunga qadar ichiga solinadigan massani tayyorlab olinadi.  Buning uchun karam, sabzi somoncha shaklda to‘g‘raladi. Tovaga sariyog‘ solib ozgina karam, sabzi va piyozni solib tilla ranga kirgunga qadar qovuriladi. So‘ngra tuz, murch va shivit solib aralashtirib gazdan olib qo‘yiladi . tingan xamirni mayda zuvalachalarga bo‘lib xar birini to‘rtburchak shakilda  yoyib ichiga bir osh qoshiqdan massa solinadi. Xamirlari konvert shaklda tugib gaz listiga terib chiqiladi va 180 daraja 30 daqiqa gazga qo‘yiladi.


Shirin mantilar tayyor. Yoqimli ishtaha!


BEGOYIM


soglom.uz/tavsiya/shirin-manti/