Uy sharoitida pishloq tayyorlaymiz

Zarur mahsulotlar: 1 litr sut, 2 osh qoshiq olma sirkasi, 2 osh qoshiq sariyog‘, tuz va shivit kerak bo‘ladi.




Tayyorlanishi: sutni gazda qaynatib olinadi. So‘ngra sirka, tuz, shivit solib ozgina qaynatib gazdan olinadi. Alohida idish ustiga doka qo‘yib pishloqni suvdan silqitiladi va 40-45 daqiqaga qoldiriladi. Vaqt o‘tgach pishloqlarni mayda bo‘laklarga bo‘lib olinadi. Uyda tayyorlangan pishloq juda ham mazali va to‘yimli bo‘ladi. Yoqimli ishtaha!


BEGOYIM


soglom.uz/tavsiya/uy-sharoitida-pishloq-tayyorlaymiz/