Qiymali shirin kulcha

Zarur mahsulotlar: 500 gr. un, 10 gr. xamirturish, 2 dona tuxum, 250 gr. sut. 100 gr. sariyog‘, kunjut, tuz, shakar.




Qiymasi uchun: 3 dona tuxum, 1 bog‘ ko‘k piyoz, 100 gr. go‘sht, 100 gr. pishloq, 1 osh qoshiq sariyog‘, tuz, murch.


Tayyorlanishi: idishga un, tuz, shakar, xamirturish, 1 ta tuxum solib, aralashtiriladi. So‘ngra iliq sut va sariyog‘ solib, yumshoq xamir qoriladi va biroz vaqtga tindirish uchun qo‘yiladi. Xamir tayyor bo‘lgunga qadar ichiga solish uchun qiymasi tayyorlab olinadi. Buning uchun suvda pishirib olingan tuxum, ko‘kpiyoz mayda to‘g‘ralib, tuz, murch, sariyog‘ solib qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamir to‘rtburchak shaklda yoyilgach, uchga bo‘linadi. Xamirlar ichiga parrak qilib kesilgan go‘sht, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq va tuxumli qorishma solinib, berkitiladi. Har bir xamir ichiga shu ketma-ketlikda masalliqlar joylanib chiqiladi. So‘ngra xamir o‘raladi va ustiga tuxum sarig‘i, kunjut sepiladi. Qizigan gaz pechida 180 daraja issiqlikda 35 daqiqa davomida pishiriladi.


Yoqimli ishtaha!


 


BEGOYIM


soglom.uz/tavsiya/qiymali-shirin-kulcha/