Nonushta uchun
Zarur mahsulotlar: 120 gr. sariyog‘, 250 gr. un, 80 gr. shakar, 40 gr. asal, 1 dona tuxum, ¼ choy qoshiqda koritsa, ½ choy qoshiq qabartirgich(razri’xlitel) kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: xona haroratida turgan sariyog‘ni shakar bilan mikser qilinadi. So‘ngra unga tuxum bilan asalni solib mikser qilishda davom etilib un, qabartirgich, koritsa solib xamir qilinadi. Xamirni 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi. Vaqt o‘tgach xamirni muzlatkichdan olib 5 mm qalinlikda dumaloq shaklda yoyib maxsus pechenye qolipida kesib olinadi. Gaz listiga qandolat qog‘ozi qo‘yib ustidan pechenyelar terib chiqiladi va qizigan gaz pechida 180 daraja 10 daqiqaga qo‘yiladi. Pechenyelar tayyor. Dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/nonushta-uchun-2/