Kechki choy shirinligi

Zarur mahsulotlar: 200 gr. sut, 80 gr. sariyog‘, 1 choy qoshiqda xamirturish(drojja), 50 gr. shakar, 400 gr. un, 2 dona tuxum, 200 gr. olcha, tuz, vanilin, kraxmal ta’bga ko‘ra kerak bo‘ladi.


Tayyorlanishi: 60 gr. sariyog‘ni eritib vanilin bilan aralashtiriladi. Ustidan iliq sut, tuxum, xamirturish, shakar va tuz, un solib quyuq qo‘lga yorishadigan xamir hosil qilinib 40 daqiqaga olib qo‘yiladi. Vaqt o‘tgach xamirni olib ozgina un sepib qorilib 20 daqiqaga issiq joyda qoldiriladi.

Olchalarni danagidan ajratib olib un va kraxmal bilan aralashtiriladi. Xamirni maxsus pirog qolipiga solib ustidan olchalar terib chiqilib 10 daqiqaga usti yopiladi. So‘ngra olchalar ustidan mayda to‘rtburchak shaklda kesilgan sarig‘ qo‘yib chiqiladi va qizig‘an gaz pechiga 170 daraja 40 daqiqaga qo‘yiladi. Pirog pishgunga qadar sirop tayyorlab olinadi. Buning uchun: 200 gr. olcha sharbatiga 2 osh qoshiq shakar solib past olovda 5 daqiqa qaynatiladi.

Pirog pishgach qolipdan ajratib olinib ustiga sirop quyilib dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/kechki-choy-shirinligi/