Baqlajonli rulet salat

Masalliqlar(1 kishi uchun):

-1dona baqlajon
-1dona pamildori
-0.5ta bodring
-1ta tuxum
-3osh-q o’simlik yog’i
-tuz

Baqlajonli rulet salat
Baqlajonli rulet salat

Tayyorlash:

Pamildori va bodringni mayda qilib to’g’raymiz(parrak yoki kubik) va aralashtiramiz.

Baqlajonni po’stlog’i bilan ingichka qilib uzunasiga to’g’raymiz. (Agar baqlajon usun bo’lsa, enidan ikkiga bo’lamiz). So’ng baqlajonni tuxum+tuzli aralashmaga botiramiz.

Qizigan yog’da baqlajonni ikkala tomonini ham qizartirib olamiz.


Baqlajon yuzasiga pamidildorili aralashmani yoyamiz va sekin asta o’raymiz.


Ummu Aisha resepti asosida tayyorlandi. Jazakallahu khair! Alloh barokot bersin!