Karam tuzlash

Masalliqlar( kishi uchun):


-1dona karam


-2dona qizil bolgarskiy


-1dona ko’k bolgarskiy


-1bosh sarimsoq


-3-4dona sabzi


-0.5stakan tuz(tuzning sifatiga ham bog’liq)


-2osh-q o’simlik yog’i



Karam tuzlash
Karam tuzlash

Tayyorlash:


Qaynagan issiq suvga tuzni solib eritib, kubik to’g’ralgan karam ustidan quyib, ustidan og’ir narsa bilan 4soatga bostirib qo’yamiz.


Qizil va ko’k bolgarskiy, 4bo’lak sarimsoq hammasini mixerda maydalab chiqaramizva qizib turgan yog’da bir qaynab chiqquncha qovuramiz.


Sabzini qirg’ichdan chiqarib,qo’limizda yaxshilab yarmicha qolguncha ezamiz.


4soat o’tgach karamni suvini to’kib tashlaymiz(ostida 2osh-q suv qolsin), so’ng boyagi bolgarskiyli masalliqni va sabzini solib yaxshilab aralashtiramiz.


Zich idishga yoki biror idishga ustidan bostirib sovutgichda saqlaymiz, 4-5kunda tayyor bo’ladi.


Ummu Muhammad  resepti  asosida  tayyorlandi


Alloh barokot bersin!