Kerakli masalliqlar:
1. Mol go’shti — 500 gr.
2. Tuhum — 5 dona.
3. Bodring — 4 dona.
4. Kartoshka — 5 dona.
5. Qatiq — 1 litr.
6. Ko’katlar (ko’k piyoz va kashnich) — 1 bog’dan.
Okroshka (yahna sho’rva)
Tayyorlanishi:
Go’sht sho’r suvda 1 soat davomida (go’sht pishgunicha) qaynatilinadi. So’ng sho’rvasi sovutishga olib qo’yilib, go’sht va bodring somoncha to’g’raladi. Kartoshka va tuhum qirg’ichning yirik tishidan o’tkazilinadi. Ko’katlar to’g’ralib, go’sht qaynagan suvga xamma masalliqlar solinadi. Qatiqni xam atalab, solinadi. Tuzi yana bir bor rostlanib, muzlatkichga 1 soatga qo’yiladi.
Bu taom yozning issiq kunlarida oftob taftini oladi.
Taom masalliqlarini kubik xolida xam to’g’rash mumkin. Bu sizning xoxishingizga qarab.
Yoqimli ishtaxa!