Eng ko‘p oltin zaxirasiga ega mamlakatlar reytingi

Eng ko‘p oltin zaxirasiga ega mamlakatlar reytingi e’lon qilindi


Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lumotlariga ko’ra:

— Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin zaxirasiga ega mamlakat Qozog‘iston bo‘lib, u 387,9 tonna oltin bilan 14-o‘rinda joylashgan.

— O‘zbekiston davlat oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoning 132 mamlakati orasida 332,5 tonna oltin zaxirasi bilan 16-o‘rinda turadi.


Reytingda Tojikiston 62-o’rinni, Qirg‘iziston 63-o‘rinni egallagan. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot berilmagan.


Kengash ma’lumotiga ko‘ra;

— 2021-yil boshida butun dunyodagi monetar oltin zaxiralari 35,244 ming tonnani tashkil etgan;

— AQSh dunyoda eng ko‘p oltin zaxirasiga ega davlat hisoblanadi – 8,1 ming tonnadan ortiq.


Joriy vaqtda oltinning jahon narxi kilogrammiga $57077.38 turadi.


@NarxiQancha | Manba (https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/economic/20210503/v-kakih-stranah-mira-zolota-bolshe)