Eng ko‘p oltin zaxiralariga ega davlatlar o‘nligi

Eng ko‘p oltin zaxiralariga ega davlatlar o‘nligi

(2017)

№ Davlat Tonna oltin

1 AQSh 8133,5

2 Germaniya 3373

3 Italiya 2451,8

4 Fransiya 2435,6

5 Xitoy 1842,6

6 Rossiya 1778,9

7 Shveysariya 1040

8 Yaponiya 765,2

9 Niderlandiya 612,5

10 Hindiston 557,8

Qiziqarli faktlar:

AQSh oltin-valyuta zaxiralarining 75 foizini oltin shaklida saqlaydi;

Italiyaning oltin zaxiralari miqdori 1999 yildan buyon o‘zgarmasdan kelmoqda;

Xitoy oltin-valyuta zaxiralarining 2 foizigina oltindan iborat;

Rossiya so‘nggi bir yil ichida o‘z oltini miqdorini 200 tonnaga oshira bildi;

Shveysariya aholi soniga nisbatan o‘z oltin zaxirasi (1040 tonna)ning miqdori bo‘yicha mutlaq yetakchi hisoblanadi. Bu davlatning har bir fuqarosiga davlatning 140 gramm oltini to‘g‘ri keladi;

Yaponiyaning oltin zaxirasi ham 16 yildan buyon o‘zgarmas miqdorda saqlanmoqda va bu zaxira umumiy boylikning 2,3 foizinigina tashkil qiladi;

Hindiston 557,8 tonna oltin zaxirasi bilan o‘nlikni yakunlagan bo‘lsada, aholisi tomonidan oltin xarid qilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha so‘nggi yillarning mutlaq yetakchisi hisoblanadi?