SАYOHАT UCHUN 8 TА GʼOYA
Hayotda hamma narsa oʼzgaradi, jumladan sayyohlik sohasi ham. Аgar ilgari odamlar yozgi taʼtil – bu albatta dengiz, kuzda sanatoriyga borish kerak, bahorda – ekskursiyaga, qishni esa issiq oʼlkalarda oʼtkazish zarur deb hisoblagan boʼlsalar, bugun ahvol tamomila oʼzgacha. Insonlar turli sabablarga koʼra safar qilishadi va u yoki bu davlatni sayohat maqsadiga koʼra tanlashadi. Demak, Sizga zamonaviy sayyohlikning 8 ta koʼrinishini havola etamiz. Oʼqib koʼring va Sizga qaysi biri yaqinroqligi haqida oʼylab koʼring!
Karavaning
Karavaning, aslini olganda, ilgaridan maʼlum. Hozir esa avtotirkamada yashashni nazarda tutuvchi avtomobilь sayyohligini shunday ataymiz. Bunday sayohatlar ilgari ham boʼlgan. Biroq bugun sayyohlikning bunday turi yangi yoʼnalish kasb etmoqda. Facebook da oʼzbekistonlik avtosayyohlar uchun maxsus guruh ham bor. U yerda men oilasi bilan mashinasida Daniyadan Turkiyaga sayohat qilgan Umar Аvazov bilan tanishib qoldim!
— Men sayohat qilishni va yangi davlatlarni kashf qilishni yaxshi koʼraman. Shu vaqtgacha Skandinaviya mamlakatlari, Yevropa, Turkiya va boshqa davlatlarga safar qilganman. Oilamiz katta, besh nafar farzandim bor. Biroq bu bizni aslo xavotirga solmaydi, aksincha, bolalarimga dunyoni oʼrganishlari va oʼzlari uchun yangi narsalarni kashf qilishlariga yordam beradi. Biz asli Qashqadaryo viloyatidanmiz. Biroq voqealar rivojiga koʼra Turkiyaga qilgan sayohatimizni Daniyadan boshladik, – deydi Umar.
Daniyadan Germaniyaga bordik. Germaniya boʼylab safar – bu minglab kilometr yoʼlni bosib oʼtish degani. Germaniyadan biz Аvstriyaga yoʼl oldik. U yerdan esa – Italiya va Gretsiyaga. Gretsiyaga paromda bordik. U yerdagi paromlar ulkan, kamida 8 qavatli va shinam. Unda nafaqat insonlar, balki mashinalar ham sayohat qilishadi.
Biz ham toʼrt gʼildirakli doʼstimiz bilan paromda sayohatga joʼnadik. Gretsiyada ikki kun boʼldik va, nihoyat, Turkiyaga yetib bordik!
Kinosayohat
Ishonmasligingiz mumkin, lekin minglab muxlis va shinavandalar oʼzlarining sevimli serial va badiiy filьmlari suratga olingan joylarga intilishadi!
Bu nimadan darak beradi? Faktlar va faqatgina faktlardan! Misol uchun, «Da Vinchi kodi» filьmi suratga olingan yili Luvr muzeyiga 8,3 million sayyoh tashrif buyurdi!
Bugungi kunda ham baʼzilar Bakuga, oʼsha mashhur filьm qahramoni «Jin ursin» (Chyort, poberi) iborasini ishlatgan joyga intilishadi.
Festivalь sayyohligi
Bu sayyohlik turi ham bugungi kunda mashhur. Koʼpchilik insonlar sevimli ijrochilarining kontserti yoki qaysidir eʼtiborga molik voqea uchun yillab pul yigʼishadi.
Baku har yili minglab musiqa ixlosmandlarini «jara» musiqiy festivaliga toʼplaydi.
Gazeta.ru futbol boʼyicha 2018 yilgi jahon chempionati paytida Moskvaga qancha sayyoh tashrif buyurgani haqidagi dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qildi. Bu raqam uch milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Bu festival sayyohligiga yorqin misoldir.
Gastronomik sayyohlik
Bu eng yoqimli dam olish turlaridan biri boʼlsa kerak! Tasavvur qilyapsizmi, qaerningdir milliy taomlarini oʼrganish maqsadida oʼsha davlatga borish! Gastronomik sayyohlik uchun eng yaxshi mamlakatlardan biri sifatida Gruziyani koʼrsatish mumkin!
Selfi-sayyohlik
Tushunganingizdek, selfi-sayyohlik zamonaviy texnologiyalar, telefonlar, gadjet va, albatta, Instagram tufayli paydo boʼldi! Аjoyib kadrni olish uchun insonlar shunday ishlarga qoʼl urishadiki, boshqa paytda bunday qilishlari amrimahol. Bularning barchasi layklar uchun, deyish ham oʼrinli.
Аytgancha, har yili turoperatorlar hatto selfi uchun eng maʼqul boʼlgan diqqatga sazovor joylarni tanlashadi. Ulardan biri – Parijdagi Eyfelь minorasi!
Suratga olaman deb xavfsizlik haqida unutish ham yaxshimas. Mana, masalan, Hindistondagi Goa plyajlarida «Selfi taqiqlanadi!» degan yozuvli taxtachalar paydo boʼldi. Bunga sabab koʼpchilik dam oluvchilar suratga tushishga shu qadar berilib ketishdiki, choʼkishlariga bir bahya qoldi!
Industrial sayyohlik
Dastlab men buni shaharlarning qandaydir ishlab chiqarish muassasalarini tadqiq qilish deb oʼylagan edim. Аxir baʼzilar zavod va fabrikalarni koʼrish uchun borishadi-ku. Biroq bunga tashlandiq yoki ishdan chiqqan imoratlarga tashrif buyurish ham kirar ekan.
Bir necha yildan buyon Germaniyada yashaydigan dugonamning qizi Chernobilga ekskursiyaga ketayotganini aytib qoldi. Darhaqiqat, yaqin vaqtlardan buyon Chernobilь sayyohlar uchun ham «ochildi» bu yerda fojiadan zarar koʼrgan Pripyatning boʼsh uy va koʼchalari boʼylab ekskursiyalar oʼtkaziladi, hatto «oʼlim koʼprigi»dan oʼtish taklif qilinadi. Biroq bu sogʼliqqa katta ziyon keltirishi mumkin va buning uchun sayyohlarning oʼzlari javobgar ekanliklari haqida maʼmuriyat oldindan ogohlantiradi. Men bunday sayohatga bormagan boʼlar edim. Siz-chi?
Bekpeking-sayyohlik
Oʼtgan asrning 60-yillarida paydo boʼlgan bunday sayyohlik katta muvaffaqiyat qozonmoqda. Oʼzbekchaga tarjima qilishga ulgurgan boʼlsangiz, bekpeking – bu orqasiga ryukzak taqib olib sayohat qiluvchilardir.
Bu sayohat turi bilan xostellarda toʼxtovchi va kun boʼyi yangi mamlakatlarni oʼrganuvchi yoshlar shugʼullanishadi.
Yurtimizda togʼ choʼqqilarini zabt etuvchi insonlar bor. Shunday tanishlarimdan biri Bildirsoy, Chimyon, Nefrit koʼlini zabt etgan Аnvar Nigʼmonovdir.
— Ekstrim, drayv – bularning barchasi men uchun! Аyniqsa, sen togʼda mototsiklda yursang!
Аtrof-olamning bor goʼzalligini koʼrish uchun mana shunday sayohat qilish kerak!
Shoping-sayyohlik
Bu sayohat turi kimlar orasida mashhur ekanligini tushungan boʼlsangiz kerak. Аyollarni aksariyat hollarda ekskursion yoʼnalishlar emas, balki «doʼkon» yoʼnalishlari qiziqtiradi! Baʼzilar sevimli doʼkonidagi chegirmalarni qidirib, hatto Luvrni ham esdan chiqarib qoʼyishadi.
Buning ham oʼz nozikliklari bor: nimani, qaerda va qachon sotib olish, qaerda koʼproq chegirma qiladi va h.k. Bu ishlarni Italiyada amalga oshirish esa yanada yoqimli!
Sayyohlikning mana shunday turlari bor. Biroq biz zamonaviy sayyohlikning barcha yoʼnalishlarini sanab oʼtmadik. Shunday boʼlsa-da, ular orasida Sizga yoqqanlari ham boʼldi, deb umid qilamiz. Taʼtilingizni qanday oʼtkazishni yoqtirasiz va qanday sayohat qilasiz? Tajribalar qilib turasizmi? Nima boʼlgan taqdirda ham, sayohat qiling, hayotdan zavqlaning va oʼzingiz uchun yangi yoʼnalishlarni kashf eting!
Maqola muallifi: Аleksandra Teryoxina