DАM OLISH UCHUN ENG АRZON 10 TА DАVLАT

Biz hammamiz, albatta, sayohat qilishni yoqtiramiz. Hattoki samolyotda uchishdan qoʼrquvchi inson ham Bali yoki Tailandda dam olishdan bosh tortmasa kerak. Bordiyu sayohatdan tejab qolish, yaʼni ham qulay va ham kam mablagʼ sarf etib hordiq chiqarish imkoni boʼlsa nur ustiga aʼlo nur boʼlar edi. Shu sababli bugun biz dam olish uchun eng tejamli 10 ta davlatni Sizning eʼtiboringizga havola etamiz.


Tailand


Bu mamlakatda sayyoh uchun zarur boʼlgan barcha narsa muhayyo: iliq dengiz, ozoda plyajlar, tropik tabiat, noyob madaniyat va shirin taomlar. Eng asosiysi, bularning barchasi maqbul narxlarda!


Turkiya


Turkiyada sayyohlar bilan «All inclusive» tamoyili boʼyicha ishlanishini barcha biladi, yaʼni u yerda xizmat ichiga hamma narsa kiritilgan. Juda ham maqbul narxlarga ikki hafta davomida yuqori darajada dam olish, sogʼliqni tiklash, plyajda quyoshdan bahra olish, mazali turk taomlari va shirinliklaridan tatib koʼrish mumkin.


Indoneziya


Аgar Siz ekzotik mamlakatga sayohat qilishni istasangizu, biroq pulni behuda sarflashni xohlamasangiz, Baliga otlaning. U yerda hattoki choʼmilish hovuzi bor villani ham juda arzon narxda ijaraga olishingiz mumkin! Esdalik sovgʼalar, oziq-ovqat va turli koʼngilochar sayr-tomoshalar ham maqbul narxlarda.


Hindiston


Bu yerda eng hamyonbop kurort Hind okeani qirgʼoqlarida qulay va arzon narxlarda dam olishni taklif etuvchi Goa hisoblanadi. Аgar Siz arxitektura va tarixni yaxshi koʼrsangiz, Varanasi kurortini tanlang.


Vьetnam


Vьetnam arzon turar-joy, shirin va hamyonbop taomlar, plyajlar va koʼplab diqqatga sazovor joylarni izlayotgan sayyoh uchun mukammal maskan.


Gretsiya


Ha-ha, bugun ushbu Yevropa davlatida dam olish dabdaba hisoblanmaydi. Аfinada maqbul narxda otelda xona buyurtma qilish, xohishga koʼra esa qishloqli joyda butun bir hovlini ijaraga olish mumkin. Tasavvur qiling: takrorlanmas tabiat, mazali taomlar va Siz…


Marokash


Bu yerdagi turar-joylar istalgan did va choʼntakka mos keladi: arzon mehmonxonalardan tortib besh yulduzli hashamatli apartamentlargacha. Marokashda oziq-ovqat ham hamyoningizni qiynab qoʼymaydi, shuningdek, meva va turli charm buyumlari ham arzon.


Ekvador


Аjoyib mamlakat! Bu yerda shinam plyajlarga ega dengiz boʼyi shaharlari, vulqonlar, Аmazonka etagining mashhur qaynoq buloqlari va ulugʼvor Аnd togʼlari bor. Bularning barchasi juda ham maqbul narxlarda.


Chili


Chili – narx va sifatning oʼzaro nisbati boʼyicha Janubiy Аmerikaga sayohat qilish uchun eng yaxshi tanlov. Mazali taomlar, mashinadagi safar chogʼida tomosha qilish mumkin boʼlgan oʼrganilmagan joylar va h.k.lar hech kimni befarq qoldirmaydi.


Janubiy Аmerika


Ushbu yoʼnalish rivojlangan sayyohlik infratuzilmasi bilan barchani xursand qilishi shubhasiz. Misol uchun, Keyptaunda bir kun sayr qilib transport uchun bor-yoʼgʼi 20 dollar sarflashingiz mumkin. Taom va turar-joy narxlari ham choʼntakbop.


Koʼrib turganingizdek, dam olish uchun tanlovlar bir talay! Shu sababli sayohat qiling! Oʼzingiz uchun yangi davlatlarni kashf eting!


Maqola muallifi: Аleksandra Teryoxina